LABORATORIYA HAYVONLARI

LABORATORIYA HAYVONLARI — biol., tibbiyot, veterinariya va q. x. da ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan hayvonlar. L. h. eksperimentdan koʻzda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlab olinadi. Bunda tadqiqotning ishonchli boʻlishini taʼminlash bilan birga olinadigan hayvonning biologik xususiyatlari, uni koʻpaytirish va boqish imkoniyatlari hamda etik aspektlar ham hisobga olinadi. Laboratoriya hayvonlari sifatida sodda bir hujayralilardan tortib sut emizuvchilargacha boʻlgan barcha hayvonlardan foydalanish mumkin. Baqalar, sichqonlar (barcha Laboratoriya hayvonlarining 70%), kalamushlar, dengiz choʻchqachalari, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar; umurtqasizlardan — koʻpchilik hasharotlar (mas, drozofilalar), chuvalchanglar, kanalar anʼanaviy Laboratoriya hayvonlari hisoblanadi. Baʼzan qushlar, toshbaqalar, baliklar va b. hayvonlar b-n xam eksperiment oʻtkaziladi. Tajribalarda Laboratoriya hayvonlarining maxsus yetishtirib chiqarilgan inbred va sof liniyalaridan va mikrobsiz hayvonlar (gnotobiotlar) dan keng foydalaniladi. Laboratoriya hayvonlari vivariylarda boqiladi.