CHAD

CHAD (Tchad), Chad Respublikasi (Republique du Tchad) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 1284 ming km2. Aholisi 9 mln. ga yaqin kishi (2002). Poytaxti — Njamena sh. Maʼmuriy jihatdan 28 prefekturaga bulinadi.

Davlat tuzumi. Chad — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-y. 31-martda kabul kilingan. Davlat boshligʻi prezident (1991-y. dan Idriss Debi), u umumiy tugʻri va yashirin ovoz berish yuli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy majlis va Senat) parlament, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni tayinlaydi.

Tabiati. Chad hududining koʻp qismi bal. 250—400 m bulgan yassi tekislikdan iborat. Mamlakat shim. qismi Sahroi Kabir choʻlida joylashgan, jan. Sohil deb ataluvchi chul va chala chul landshaftli savanna va Sudan tabiiy oblastining bir qismini egallaydi. Chekka shim. da Tibasti togʻligi bor (eng bal. joyi 3415 m, Emi-Kusi togʻi). Mamlakat shim. sharqida Ennedi va Erdi platolari, jan. sharqiy qismida Vadai massivi joylashgan. Chadda boksit, diatomit, kaolin, neft, qalay, uran, oltin konlari bor; Chad kulidan soda va tuz olinadi.

Iqlimi shim. da tropik choʻl iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha trasi 15°, iyulniki 30° gacha (ayrim hollarda 50° gacha borishi mumkin). Oʻrtacha yillik yogʻin 100—250 mm. Jan. da ekvatorial mussonli iklim. Qish mavsumi (okt. — noyab. dan apr. —maygacha) quruq. Oʻrtacha tra eng sovuq oyda 21°, eng issiq oyda 33°, oʻrtacha yillik yogʻin (250—1000 mm) shim. dan jan. ga tomon ortib boradi. Shim. dadoimiy oqar daryolar yoʻq. Jan. da kema qatnaydigan yirik daryosi — Shari. Mamlakatning gʻarbiy chegarasida Chad koʻli joylashgan. Shim. dagi toshloq choʻllarda tikanakli yarim buta va butalar, vohalarda tok, xurmo oʻstiriladi. Chekka jan. da qizilqoʻngʻir tuproqlarda savannalar mavjud, baobab daraxti ham uchraydi. Savannalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar — fil, jirafa, kiyik, buyvol, karkidon; yirtqichlardan — arslon, leopard, sirtlon, chiyaboʻri bor. Shari daryosining yuqori oqimida maymunlar uchraydi. Qushlardan tuyaqush, saqoqush, qizilgʻoz bor. Ilon, kaltakesak va hasharot koʻp. Hayvonlarni muhofaza qilish va oʻrganish uchun Zakuma milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisining 1/3 qismidan koʻprogʻini sharinil tillarida soʻzlashuvchi xalqlar, 1/3 qismini arablar tashkil etadi. Chad koʻlining jan. da chad tillarida soʻzlashuvchi mubi, xausa, massa xalqlari, Kamerun bilan chegaraga yaqin joylarda mbum xalqi yashaydi. Rasmiy tillar — fransuz va arab tillari. Aholining yarmidan kupi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon sunniylar; xristianlar ham bor. Yirik shaharlari — Njamena, Mundu, Abeshe.

Tarixi. Chad hududida odam qadimdan yashab kelgan. 9-a. da Chad koʻli havzasida Kanem davlati paydo boʻlgan. Kanem davlati tanazzulga uchragach, 14-a. oxirida Bornu davlati tashkil topdi. 19a. oxirigacha hoz. Chad hududining turli qismlarida Vadai (14-a.), Bagirmi (16a.), Rabbah (19-a.) davlatlari vujudga keddi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Chad koʻli havzasini Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya egallab olishga intildilar. 1900-y. Ch. Fransiyaning harbiy hududi deb eʼlon qilindi. Uning ayrim qismlarini bosib olish 1914-y. gacha davom etdi. 1904-y. Chad hududi UbangiShari — Chad mustamlakalari federatsiyasi (1910-y. dan Fransiya Ekvatorial Afrikasi) (FEA) tarkibiga kirgan. 1914-y. Chad Ubangi-Sharidan ajratib olinib, FEAning alohida mustamlakasiga aylantirildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Chad «Ozod Fransiya» harbiy qismlari tuziladigan hududga aylandi. Urushdan keyingi yillarda Chadda milliy ozodlik harakati avj oldi. 1946-y. Chad FEA tarkibida Fransiyaning «dengiz ortidagi hududi»ga aylandi. 1947-y. tuzilgan Chad ilgʻor partiyasi Chad mustaqilligi uchun olib borilgan kurashga rahbarlik qildi. 1957-y. Chadda afrikaliklardan iborat hukumat kengashi tuzildi. 1958-y. 28 noyab. da Ch. Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi respublika deb eʼlon kshshndi. Milliy ozodlik harakati avj olishi natijasida Fransiya hukumati Chadga mustaqillik berdi. 1960-y. 11 avg. da Chad mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1975-y. harbiy toʻntarish boʻlib, hukumat tarqatib yuborildi. Shu paytdan boshlab mamlakatdagi turli harbiysiyosiy guruhlar oʻrtasida bir necha bor qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. 1990-y. dek. da hokimiyat tepasiga Idriss Debi boshchiligidagi Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati keldi va u koʻp partiyaviylik demokratik tuzumni joriy etish yoʻlini tanladi. Chad 1960-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1993-y.12 yanv. da tan olgan, 1994-y. 16 sent. dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 11 avg. — Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy uyushma, 1992-y. tuzilgan; Taraqqiyot va yangilanish milliy ittifoqi; Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati, 1990-y. tuzilgan; Yangilanish va demokratiya uchun ittifoq, 1992-y. asos solingan; Ch. milliy ozodlik fronta, 1965-y. tashkil etilgan. Chad kasaba uyushmalari birlashmasi, 1988-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Chad — iktisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi — iqtisodiyotning asosi. Q. x. ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yongʻoq, sholi, bugʻdoy, tariq, joʻxori ekiladi; xurmo oʻstiriladi. Aholining 1/3 Qismi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va b. koʻllarda baliq ovlanadi.

Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik. Oziqovqat sanoatida goʻsht, un, sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, pivo pishirish zdlari bor. Chad koʻlidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 92 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Avtomobil yoʻllari uz. — 32,7 ming km, t. y. yoʻq. Logone va Shari daryolarida 1 y. da 3 oy kema qatnaydi. Njamenada xalqaro aeroport bor. Chad chetga paxta, qoramol, goʻsht, teri chiqaradi; chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, transport vositalari oladi.

Tashqi savdoda Portugaliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Maorifi va ilmiy muassasalari.

Chadda 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 y. lik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 y. Oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy taʼlimni Njamenadagi Chad universiteti beradi. I. t. muassasalari: Paxta va toʻqish inti, Milliy gumanitar fanlar inti, planetariy, q. x. byurosi, ilmiy texnika byurosi, geogr. tadqiqot styasi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Chadda fransuz tilida «InfoChad» («Chad axboroti») kundalik byulleten chikadi (1964-y. dan). Chad axborot agentligi 1964-y. da tashkil etilgan. Chad milliy radiosi hukumat radiostyasi hisoblanadi; 1955-y. tuzilgan. Chad televideniyesi, hukumat xizmati.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Chad xududidan paleolit va neolit davriga oid kryatoshlarga ishlangan rasmlar topilgan. Chadning oʻtroq aholisi Logone va Shari daryolari vodiylaridagi kichikroq shaharchalarda istiqomat qiladi. Aholi qishloklarda tomi choʻqqisimon, devorlari loy bilan suvalgan doirasimon va toʻgʻriburchakli kulbalar quradilar. Shaharlarda ichki hovlili, yassi tomli, atrofi kungurador devor bilan oʻralgan uylar barpo etadilar. Chad janubida 8—10-a. larga oid qad. madaniyat yodgorliklari (keramika buyumlari, odam va hayvon tasvirlari tushirilgan sopol va bronza haykalchalar, odamning loydan tayyorlangan boshlari) topilgan. Chadda qadimdan amaliybezak sanʼatining toʻquvchilik, kashtachilik, kandakorlik, kulolchilik kabi turlari rivojlangan.

Musiqasi. Chad xalqlarining xalq qoʻshiqlari pentatonikaga asoslanadi; raqslardan mdomlang (ovchilar raqsi), ndon mbessi, bayyan, nʼdasyon (marosim raqsi), sai, basaka (bayram raqsi) turlari keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari: zarbli — baraban (3 barabandan iborat ansambl mashhur), shaqildoq, koʻngʻiroqcha, ksilofonlar; puflama sozlar — algaita (goboy turi), kamigsdan yasalgan klarnet va b. Professional ansambllarda puflama sozlar barabanlar bilan birga ishlagiladi. 1970-y. Milliy rake ansambli tashkil etilgan.