BOʻZ YER

BOʻZ YER — uzoq vaqt davomida ishlanmay yotgan, ekin ekishga yaroqli yer. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Boʻz yer, asosan, sugʻorish imkoni boʻlmaganligi tufayli saqlanib qolgan. Oʻrta Osiyo sharoitlarida Boʻz yer ekin maydonlarini kengaytirishning asosiy rezervi hisoblanadi (q. Qrriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish).