BABAJI XOTIN MAQBARASI

BABAJI XOTIN MAQBARASI — Qozogʻiston (Taroz sh. yaqinida)dagi meʼmoriy yodgorlik (10 — 11-a. lar). Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 6,80×6,80 m, ichkarisi 4,5×4,5 m). Old va ikki yon tarzlariga bir xilda chuqur ravoqli eshiklar, yoniga kichik yassi ravoqlar, tepasiga turunjlar ishlanib, atrofi hoshiyalar bilan chegaralangan. Bosh tarzidagi islimiy naqsh va kitobasida yozuvi saqlangan. Poygumbazi (1 m ga yaqin) 16 qirrali, usti kulohiy gumbaz b-n qoplangan (gumbazi qulab tushgan). Bino devorining quyi qismiga zilzila koʻzda tutilib, yogʻoch ishlatilgan. Babaji xotin maqbarasi oʻrta asr meʼmorligining nodir namunalaridan.