BAALBEK

BAALBEK (arab. Baʼlabakka) — Livandagi shahar, Antilivan togʻi etagida. 18 mingga yaqin kishi yashaydi. Qad. Geliopol (mil. av. 18-a. dan), soʻnggi Rim koloniyasi — Yuliya-Avgusta-Feliks xarobalari, shuningdek ibodatxonalar va jamoat inshootlari qoldiqlari saqlangan.