BABENBERGLAR

BABENBERGLAR — Avstriyada oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan knyazlar sulolasi (976—1246). Babenberglar davrida Avstriya «Muqaddas Rim imperiyasi»ning eng kuchli knyazliklaridan biriga aylangan. Sulolaning mashhur vakillari: Genrix II Yazomirgott (1141—77), Leopold V (1177—94), Leopold VI (1198-1230).