BAADE

BAADE (Baade) Uolter (Valter) (1893.24.3, Shryottingxauzen, Germaniya — 1960.25.6, Gyottingen) — nemis astronomi. 1931—58 y. larda AQSHda yashagan. Andromeda galaktikasi yadrosi va unga tegishli 2 yorqin yoʻldoshning yulduz tabiatini, galaktikalarda yulduzlar toʻdasining ikki tipi mavjudligini kashf etgan. Oʻzgaruvchan va oʻta yangi yulduzlarni tadqiq qilgan, Gidalgo va Ikar asteroidlarini ochgan.