BYUDJET YILI

BYUDJET YILI — qonuniy ravishda tasdiklangan davlat byudjetы rejasining bajarilishi belgilangan muayyan davr, muddat (toʻliq bir yilni oʻz ichiga oladi). Asosan Byudjet yili davlatlarda kalendar yili bilan boshlanadi va tugaydi. Ayrim mamlakatlarda esa boshqa muddatlar amal qiladi (mas, Buyuk Britaniya, Yaponiyada Byudjet yili kalendar yilining 1 apr. dan boshlanib kelgusi yilning 31-martigacha, Kanadada 1-iyuldan kelgusi yilning 30-iyunigacha, AQSHda 1 okt. dan kelgusi yilning 30 sent. gacha, Turkiyada 1-martdan kelgusi yilning 28 fev. gacha davom etadi). Keyingi vaqtda koʻpchilik davlatlar hisobkitoblarni osonlashtirish maqsadida kalendar yili bilan boshlanadigan Byudjet yiliga oʻtmoqsalar, jumladan Oʻzbekistonda ham Byudjet yili kalendar yiliga muvofiq keladi.