BUGʻDOY TRIPSI

BUGʻDOY TRIPSI (Haplothris tritici Kurd.) — tripslar turkumiga mansub hasharot. Bugʻdoy tripsining boʻyi 1,5—2 mm. Lichinkasi tuproqda qishlaydi. Apr. da voyaga yetadi. Erta bahorda harorat 8 — 10° ga yetganda barg qoʻltiqlarida oziqlana boshlaydi, barg qoʻltigʻiga kirib olib, yuqoriga koʻtariladi va barg uchi shirasini soʻradi. Natijada barg uchidan quriydi, boshoq normal rivojlanmaydi. Odatda, Bugʻdoy tripsi barg tomirlari boʻylab gʻuj boʻlib yotadi. Tuxumini boshoqqa yoki undagi qiltiqlarga bittadan yoki toʻptoʻp qilib qoʻyadi. Bugʻdoy tripsini yoʻqotish uchun hosil yigʻib olingandan keyin bugʻdoypoyani sugʻorish va yerni haydash tavsiya qilinadi.