BUYUK DAYKA

BUYUK DAYKA — Zimbabvedagi oʻta asosli intruziv massiv. Uz. 560 km, eni 12 km gacha. Buyuk daykada yirik zaxirali (1 mlrd. t) xrom rudalari konlari joylashgan. Yoʻlyoʻlakay Pt, Ni olinadi. 1919-y. dan ishga tushirilgan. Ruda kavlab olish markazi — Shurugvi, Lomagundi (k,. Dayka).