BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR — 15—17-a. oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-a. oʻrtalari — 16-a. oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.

Yevropa mamlakatlarida tovar i. ch. ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan.

Buyuk geografik kashfiyotlar 1yuz yillik davrining muhim voqealari . 1488-y. portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va b.). 149294-y. larda X. Kolumb Bagama o. larini, Katta va Kichik Antil o. larini kashf qildi; 1497—99 y. larda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Jan. Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502-y. larda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va b. ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy (Braziliya) qirgʻogʻini 25° j. k. gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar. 1513— 25 y. larda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V. Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan ya. o. larini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va b.), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va b.) zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—22 y. larda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar. 1526—52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va b. ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini 10° sh. k. dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (153435) Shim. Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi togʻlarining jan. ni va Qoyali togʻlarning jan. ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini oʻrgandilar (1540— 42).

Buyuk geografik kashfiyotlar 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—84) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya sh. ga (1601) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639-y. I. Moskvitin). 17-a. oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va b.) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o. larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika b-n tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594-y. Novaya Zemlya o. ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596-y. Shpisbergen o. ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631-y. larda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o. ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J. Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va b.). Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va b.) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606-y. Yangi Gvineya o. ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va b. 1606—44 y. larda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.

Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Mil. av. 128-y. xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson sh. ga kelgan, soʻngra Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126-y. da vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-a. da 16 yil (629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx sh. gacha borgan, soʻng Hindukush togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan, Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689-y. xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan. Sumatra o. ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695-y. vataniga qaytgan va koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.

9—10-a. larda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Oʻrta Osiyoning buyuk togʻlari, Shim. va Jan. Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o. lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. 10-a. ning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masʼudiy butun Gʻarbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava o. va Xitoyda ham boʻlgan degan maʼlumotlar bor. 13-a. boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Oʻrta dengiz, Fors qoʻltigʻi, Eron togʻligi va Turkistonda boʻlgan. Yoqut Hamaviy «Mamlakatlar lugʻati»ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325-y. Iskandariyaga kelgan, soʻngra Nil daryosi boʻylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya (Shom), Kichik Osiyo ya. o., Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, soʻng Zanjibar o. orqali Hoʻrmuz boʻgʻoziga kelgan, Bahrayn o. laridan oʻtib, Jan. Eronda boʻlgan, u yerdan Misrga qaytgan. Soʻngra Suriya va Kichik Osiyo ya. o. orqali Kora dengiz boʻyiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Oʻrda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga oʻtgan. Jan. ga burilib Amudaryodan oʻtgan, Hindukush togʻlaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342-y. Xitoyga bora turib Jan. Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o. lariga oʻtgan, undan Xitoyga, Tayvan o. ga borib, 1349-y. vataniga qaytgan. Soʻng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi oʻrta oqimiga, Air, Axaggar togʻliklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi boʻlib (quruqlikda va suvda) 130 ming km yoʻl bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim maʼlumotlar qoldirgan.

Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy «Surat alarz» «Yer tasviri» asarini yozgan, 7 iqlimga taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016-y. da Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo xaritasini tuzdi, Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Xisrav Magʻrib sh. ga, jan. da Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur sh. lariga borgan, 15 ming km dan ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (14— 15-a. lar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—20 y. larda yozgan geografik asarida dunyoning doyra shaklidagi xaritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hoz. Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geografsayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin.

Ad.: Mag i do vich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkrыtiy, 3 izd., M., 1967; H as a nov H., Sayyoh olimlar, 1981; Hasanov H., Oʻrta Osiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Ibrohimov N., Ibn Batguta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993.