BUSH Jorj Uoker

BUSH Jorj Uoker (1946.6.7, NyuXeyven, sh., Konnektikut shtati) — AQSHning 43-prezidenti (2001-y. dan). Bush Jorj Gerbert Uokerning oʻgʻli. Yel un-ti (1968), Massachusets shtatining Kembrij sh. dagi Garvard biznes maktabi (1975)ni tugatgan. 1968-y. uchuvchilar kursini tamomlab, uchuvchi sifatida 2 y. harbiy xizmatda boʻlgan. 1970-y. dan Xyustondagi q. x. kompaniyasida ishlagan. Xususiy kompaniya va korxonalarni boshqarish boʻyicha magistr darajasiga ega. 1975-y. dan Midlend sh. da neft biznesi boʻyicha tadbirkor. 1977-y. dan «Arbusto Enerji» (keyinchalik «Bush eksploreyshn»), 1984-y. dan «Spektrum7» neft kompaniyasi prezidenti. 1986-y. dan «Xarken enerji korporeyshn» kompaniyasida maslahatchi. 1988-y. dan Texas shtatining Dallas sh. dagi «Texas reynjerlari» professional beysbol komandasi investori. 1994-y. dan Texas shtati gubernatori. 2000-y. noyab. dagi saylovda Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidenti etib saylangan.