BUXORO TUMANI

BUXORO TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman . 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Buxoro tumani shim. da viloyatning Vobkent va Romitan tumanlari, gʻarbda Jondor tumani, sharkda Kogon tumani, jan. sharkda Qorovulbozor tumani va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani b-n chegaradosh. Mayd. 1,32 ming km2. Aholisi Yu9 ming kishi (2001). Buxoro tumanida 1 shahar (Galaosiyo), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻikalon, Istiqlol, Koʻchkamar, Losha, Rabotqalmoq, Sohibkor, Soʻfikorgar, Shirgaron, Yurinbolo, Yangihayot, Qavolamahmud, Qunjiqalʼa) bor. Markazi — Galaosiyo sh.

Tabiati. Buxoro tumani yer yuzasi pasttekislikdan iborat. . Tuman hududida Oʻrtachoʻl yaylovi bor. Iqlimi kontinental iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° dan —2» gacha, iyulniki 28°—29°. Yiliga 50—120 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Shohrud kanali va Amu Buxoro mashina kanalitnt shim. gʻarbiy tarmogʻi oʻtadi. Tuman yerlarining ancha qismi shoʻrlangan. Yer shoʻrini kamaytirish ishlari olib borilmoqda. Shoʻr, shoʻrxok, shoʻrtob, gilli, qumli, qumoq tuproklar tarqalgan. Saksovul, yulgʻun, shuvoq, shoʻra va b. usadi. Yumronqoziq, sugʻur, sassiqkoʻzan, qushlardan tuvaloq, olabovur, qorabovur, qirgʻovul va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, turkman, ozarbayjon, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 82,5 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik va hunarmandchilik. Tumanda «Toshkent Kotton» choyshab va ichki kiyimlar i. ch. qoʻshma korxonasi, 269 fermer xoʻjaligi, uzumni qayta ishlash, «Shifo» mahalliy mineral suv korxonalari bor. Jarqoq konidan gaz olinadi va neft qazib chiqariladi. Umumiy ekin mayd. 26976 ga, shu jumladan 12700 ga yerga paxta, 6743 ga yerga donli ekinlar ekiladi. Boglar 1080 ga, tokzorlar 1327 ga, tutzorlar 542 ga, oʻrmonzorlar 110 ga, sabzavot va poliz ekinlari 1045 ga ni tashkil qiladi. Tumanda 44,4 ming koramol, 47,1 ming qorakoʻl qoʻyi bor (2001). Qoʻylar Oʻrtachoʻl yaylovida boqiladi. Tuman hududidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 1411 km. T. y. uzunligi 29 km. 2000/2001 oʻquv yilida 52 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyida 2279 murabbiy ishladi. 43 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 4 klub, madaniyat uyi, 300 oʻrinli kasalxona, meʼdaichak va jigar xastaliklarini davolash sanatoriysi, qishloq ambulatoriyasi boʻlib, ularda 172 vrach, 1013 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Galaosiyo ovozi» tuman gaz. chiqadi (adadi 4500).