BUFFALO

BUFFALO — AQSHning shim. sharqidagi shahar. NyuYork shtatida. Eri koʻli boʻyidagi muhim port. Yirik transport yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi shahar atrofi bilan 1,2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). AQSH va Kanada orasidagi savdo munosabatlari Buffalo orqali amalga oshiriladi. Buffalo mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazi. Buffalo sanoatining asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo va oziq-ovqat sanoati. Oliy oʻquv yurtlari, jumladan unt (1846-y. dan), Tabiiy fanlar jamiyati muzeyi, yadro tadqiqotlari markazi, OlbraytNoks badiiy galereyasi, shahar yaqinida Niagara daryosiga qurilgan GES bor. Buffaloga 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida asos solingan.