BUTIFOS, DEF

BUTIFOS, DEF — paxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda gʻoʻza barglarini toʻkish uchun qoʻllanilgan kuchli defoliant. Yuqori trada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va 70% li emulsiyalanuvchi konsentrat holida ishlatiladi. Defoliant har qanday obhavo sharoitida ham yuqori taʼsir xususiyatiga ega. Preparat kam dozalarda (1,4—3 kg/ga) qoʻllanilganiga qaramay, juda zaharli. Oʻrta Osiyoning paxtachilik mintaqasida 50—80-y. larda keng qullanilgan. 1987-y. dan Oʻzbekistonda va b. respublikalarda atrof muhitga koʻrsatgan zararli oqibatlari uchun Butifos, defni gʻoʻza maydonlarida defoliant sifatida qoʻllash man etilgan.