BURHONLAR

BURHONLAR — sadri jahon unvoni b-n mashhur boʻlgan Buxorodagi badavlat xonadon (12-a.). B. shaharning hanafiya mazhabidagi musulmonlar jamoasi boshligʻi (raisi) boʻlishi bilan birga shahar maʼmuriyati ham ularning qoʻlida boʻlgan. Shuning uchun Buxoroni bosib olgan ajnabiy hukmdorlar ham Burhonlarga va ularning molmulkiga daxl qilmaganlar. Burhonlarda raislik mansabi otadan oʻgʻilga meros boʻlib oʻtgan.