BURGUT

BURGUT — osmon ekvatori atrofida Delfin, Oʻqyoy, Qavs, Dalv yulduz turkumlari oraligʻida joylashgan yulduzlar turkumi. Belgisi Adi, umumiy yuzasi taxm. 652 kv. gradus, undagi 70 dan ortiq yulduzni teleskopsiz koʻrish mumkin. Burgut yulduzlari bahor, yoz va kuzda koʻrinadi.