BUL

BUL (Boole) Jorj (1815.2.11, Linkoln — 1864.8.12, Ballintempl, Korka yaqinida) — ingliz matematigi va mantiqchisi. Matematik mantiqqa asos solgan. Maxsus matematik maʼlumotga ega boʻlmay, 1849-y. da matematika prof. boʻlgan. «Mantiqning matematik taxlili» (1847), «Mantiqiy hisoblash» (1848), «Tafakkur qonunlarini tekshirish» (1854) asarlari muallifi. Alohida sistemalar (Bul algebralari) Bul nomi bilan atalgan.