BUDESHURI TETRI

BUDESHURI TETRI — xoʻraki, vinobop oʻrtapishar uzum navi. Vatani Gruziya. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi (diametri 14—16 sm) uch, besh boʻlmali, arra tishli, tuksiz. Uzum boshi silindrkonus simon (boʻyi 11—17 sm, eni 8—12 sm), oʻrtacha tigʻiz, vazni 200— 250 g. Gʻujumi oʻrtacha (diametri 9—14 mm), tuxumsimon, sargʻishyashil, poʻsti yupqa. Eti shirali. Mevasi faol harorat yigʻindisi 3000—3200° boʻlganda 140— 150 kun (avg.)da pishadi. Tarkibida 17— 19% qand bor. Hosildorligi 90—100 s/ga. Bu nav Oʻrta Osiyo, Shim. Kavkaz va Ukrainada tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsib, moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida rayonlashtirilgan.