BUDEVSKAYA

BUDEVSKAYA Adriana (aslida Adriana Kincheva Gancheva) (1878.13.12, Dobrich—1955.9.12, Sofiya) — bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti (1953). Bolgar realistik aktyorlik sanʼati asoschilaridan. Varnada «Ozod teatr»ni tashkil etgan (1904). Mashhur rollari: Qaynona («Qaynona»), Sena («Ilon toʻyi»), Rada («Zulm ostida»), Nora («Nora»), Ofeliya («Hamlet») va b.