BUBKA Sergey Nazarovich

BUBKA Sergey Nazarovich (1963) — ukrainalik sportchi (yengil atletika). Olimpiya oʻyinlari (1988), jahon (1983, 1987, 1991, 1995, 1997), Yevropa (1986) chempioni. Jahon va Yevropa kubogi musobaqalarining gʻolibi boʻlgan, bir necha marta jahon rekordi oʻrnatgan. Sport tarixida ilk bor langar choʻp bilan 6 m balandlikdan oshib oʻtgan.