BREGG

BREGG (Bragg) — otabola ingliz fiziklari; rentgenstrukturaviy tahlil asoschilari. Qator kristallarning atom tuzilishlarini rentgen nurlari difraksiyalari yordamida birinchi boʻlib tushuntirib berishgan (1913). Nobel mukofoti laureatlari (1915):

1) Uilyam Genri (18621942), London Qirollik jamiyati aʼzosi (1806) va prezidenti (1935—40);

2) Uilyam Lorens (1890— 1971), Kavendish lab. (1938—53) va Kembrijdagi Qirollik in-ti (1954— 60) direktori. Bregg — Vulf shartini tadqiq qilgan.