BROMGEKSIN

BROMGEKSIN (Bromhexinum) — balgʻamni suyultirib, koʻchishini tezlashtiradigan dori; yoʻtalga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Tabletka holida chiqariladi. Oʻtkir va surunkali bronxit, oʻpka sili, bronxiol astma, zotiljam va b. yoʻtal bilan kechadigan shamollash kasalliklarida qoʻllaniladi. Faqat vrach buyurganda ichiladi.