BROKGAUZ VA YEFRON ENSIKLOPEDIK LUGʻATI

BROKGAUZ VA YEFRON ENSIKLOPEDIK LUGʻATI — rus universal ensiklopediyasi. F. A. Brokgauz — I. A. Yefron aksiyadorlik nashriyot jamiyati tomonidan chiqarilgan (Peterburg, 1890 — 1907; 82 asosiy va 4 qoʻshimcha jilddan iborat. Ilk 8 jildi I. Ye. Andreyevskiy, qolganlari K. K. Arsenyev va F. F. Petrushevskiylar tahriri ostida nashr etilgan). 1911—16 y. larda yangi nashrini chiqarishga harakat qilingan (rejalashtirilgan 48 jilddan 29 jildi chiqqan).