BREMEN

BREMEN — Germaniyadagi shaxar, Bremen yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 553 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Vezer daryosining har ikki sohilida. Germaniyaning yirik dare va dengiz porti (yuk ortish va tushirish 20 mln. t atrofida). Transport yoʻllari tuguni. Sanoat tarmoklaridan mashinasozlik, jumladan kemasozlik va avtomobilsozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Metallurgiya, kimyo va yogochsozlik sanoati korxonalari bor. B. ning savdotijorat binolari Vezer daryosi oʻng sohilidagi Altshtadt kismida. Bu yerda oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari — sobor (11-a.), shahar boshqarmasi binosi (1405—1617), «Roland» ustunlari (1404), Gotika cherkovi (13-a.) bor. Shahar ilk bor 787-y. ga oid manbalarda tilga olingan. Oʻrta asrlarda Ganzaning muhim shaharlaridan hisoblangan. 1646-y. dan erkin imperiya shaxri, 1815—1933-y. larda erkin shahar. Unt, Kunstxalle muzeyi va int bor.