BRAUN

BRAUN (Brown) Jon (1800.9.5 — 1859.2.12) — AQSH qoratanli qullarini ozodlikka chiqarish harakati rahbarlaridan biri. 1855—56 y. larda Kanzasdagi quldorlikka qarshi boʻlgan qoʻzgʻolonga rahbarlik qildi. Yashirin «Yer osti temir yoʻli» tashkiloti (Jan. shtatlardagi qoratanli qullarni shim. shtatlarga qochirib yuborib, qulliqdan qutqazish bilan shugʻullangan) faoliyatida ishtirok etgan. Braun 1859-y. butun dunyo qullarining qoʻllab-quvvatlashiga ishonib qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan. 18 kishilik otryadi bilan quldorlikka asoslangan Virginiya shtatidagi XarpersFerri qurolaslahaxonasini egallagan. Hukumat qoʻshinlari Braun otryadiga zarba berib, ogʻir yaralangan Braun zambilda sudga keltirilgan. Sud hukmi b-n Charlstonda dorga osilgan.