BOSHMOQ — 1) tormozda — vagonlarni toʻxtatish uchun t. y. iziga qoʻyiladigan ponasimon moslama;
2) qoziqoyoq boshmogʻi — qoziqoyoqning pastki oʻtkir uchiga kiydiriladigan poʻlat uchlik;
3) texnologik Boshmoq — mashinalar oʻrnatiladigan va sozlanadigan tayanch;
4) qutbiy Boshmoq — elektr mashinalari magnit qutblarining bir qismi; magnit oqimi zichligining bir meʼyorda tarqalishini taʼminlaydi;
5) tayanch ustunning bosim asosga bir tekis tushishini taʼminlaydigan pastki qismi.