BOSH QORAKOʻL KOLLEKTORI

BOSH QORAKOʻL KOLLEKTORI — Buxoro viloyatida AmuQorakoʻl kanalы zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik kilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-y. da qurilgan. Bosh Qorakoʻl Kollektori tarkibida Yomonjar nasos st-yasi ham ishlaydi. Bosh Qorakoʻl Kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga kuyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi 11,4 m3/sek. Bosh Qorakoʻl Kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yigʻuvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda.