BOTQOQ OʻSIMLIKLARI

BOTQOQ OʻSIMLIKLARI — balchiqda oʻsishga moslashgan oʻsimliklar (mas. qamish, qoʻgʻa, qiyoq va b.). B. oʻ. ning aerenxima toʻqimasi yaxshi rivojlangan; poya va ildizlarida havo yoʻllari va hujayralararo havo kameralari boʻladi. Botqoq oʻsimliklarining urugʻlari suv va qushlar orqali tarqaladi.