BOTURBOSHI

BOTURBOSHI — Qoʻqon xonligi shahar hokimi qaramogʻidagi qoʻshin boshligʻi. Boturboshi, shuningdek koʻchmanchi qabilalar bilan bogʻliq yumushlarni ham bajargan. Uning qoʻl ostidagi qoʻshin urushlar chogʻida xon lashkari tarkibida jang qilgan. 1842-y. Toshkentda Davronbek dodxoh, 1822—23 y. lari Toʻraqoʻrgʻonda Qoʻshyuz Boturboshi boʻlgan.