BORDON

BORDON — pusti tozalanmagan qamishdan boʻyraga oʻxshatib toʻqiladigan qurilish materiali (toʻshama). Imoratlar qurishda eacca, toqi ustidan solinadi. Ilgari Bordondan boshqa maqsadlarda ham foydalanilgan (mas, tuproq va zaxdan saqlanish uchun supa ustiga solinadigan namat, gilam, palos tagiga toʻshalgan, hovlijoy atrofini devor qilib oʻrash uchun ishlatilgan va b.). Hozir ham yakka uy-joylar, bostirmalar qurishda Bordondan foydalaniladi.