BONELLIYA

BONELLIYA (Bonellia) — halqali chuvalchanglarning exiuridlar sinfiga mansub urugi. V. virides turi Oʻrta dengiz, Atlantika okeani va Barens dengizida yashaydi. Urgochisining tanasi silindrsimon, uz. 7 sm gacha, uchi ayri, xartumi 1 m gacha choʻzila oladi. Xartumi yordamida oziq tutadi va harakatlanadi. Erkagining uz. 1—33 mm, u urgochisining jinsiy yoʻllarida parazitlik qiladi.