BOLQON-KAVKAZ IRQI

BOLQON-KAVKAZ IRQI — katta yevropeoid irkiga kiradi. Soch va koʻzlari qora, yuzi va tanasi sertuk, boʻydor, keng yuzli; braxikefaliya shu irqqa xos. Markaziy va Jan. Yevropa (Jan. Avstriya, Italiya va Gretsiyaning shim., Yugoslaviya) da, Kavkazda (tub aholining kup qismi), Osiyoda (Gʻarbiy Erondagi lurlar, baxtiyoriylar va b. xalqlar) tarqalgan.