BOLTAYEV

BOLTAYEV Abdurauf (1909. 2. 6, Kattaqoʻrgʻon 1978. 6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 y. larda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon sh., Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi («Maysaraning ishi»), Boboxon («Tohir va Zuhra»), Jiyanboy («Gʻunchalar»), Umurzoqboy («Paranji sirlari»), Flores («Qoʻzibuloq»), Qozi («Navoiy Astrobodda»), Mulla Kamol («Nurxon») va b. «Opasingillar», «Qutlugʻ qon», «Qalbingda quyosh» filmlari, «Nashtar» satirik kinojurnalining koʻp sonlarida turli rollar ijro etgan. Boltayev kulgili, hajviy rollarda tanilgan. U oʻz kahramonlarining asosiy xususiyatlarini boʻrttirib tasvirlaydi, hajv va kinoya vositalaridan keng foydalangan. Boltayev yaratgan qahramonlar soddaligi va samimiyligi bilan ajralib turgan.