BOLALAR TEXNIKA IJODI

BOLALAR TEXNIKA IJODI — bolalar faoliyatining turi. Odatda bu faoliyat modellar, mexanizmlar, oddiyroq mashinalar, asboblar, radioelektron qurilmalari va sh. k. ni yasashdan iborat. Bolalar texnika ijodi bolalarda texnikaga qiziqishning shakllanishiga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi, taʼlimtarbiya vositalaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda birinchi bolalar texnik ijodiyot markazi 1930-y. texnika va q. x. stansiyasi nomi bilan tashkil qilingan edi. OʻzR dagi 142 texnik ijodiyot markazida 8309 toʻgarak ishlab turibdi, ularda bolalar texnika ijodi bilan shugʻullanmoqda (2000). Bunday toʻgaraklar va ular ishining mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasiga muvofiqlashtiriladi. Bolalar texnika ijodi bilan maktabdan tashki taʼlim muassasalari hisoblangan oʻquvchilar saroy va uylari, klublarida ham shugʻullanadilar.