BOYL

BOYL (Boyle) Robert (1627.25.1, Lismor, Irlandiya — 1691.31.12, London) — ingliz kimyogari va fizigi. London Qirollik jamiyati taʼsischilaridan biri. Kimyoviy elementning ilmiy taʼrifini bergan, kimyoga eksperimental usulni kiritgan, kimyoviy analizga asos solgan. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Boyl «Kimyoskeptik» kitobida kimyo asl boʻlmagan metallarni oltinga aylantirish, shuningdek dorilar tayyorlash usullarini izlash bilan emas, balki mustakil fan boʻlishi kerak, deb aytadi. Gaz qonunlaridan biri (Boyl — Mariott qonuni)na yaratgan (1662). Yorugʻlik, elektr, issiklik, akustik hodisalarni tadqiq qilish b-n ham shugʻullangan. Boyl dunyoqarashi qaramaqarshiliklardan xoli boʻlmagan; falsafada idealizmga moyil boʻlgan.