BOZAX QOʻI ZOTI

BOZAX QOʻI ZOTI — dagʻal junli qoʻy zoti. Goʻshti, juni, suti uchun boqiladi. Ozarbayjon va Armanistonda chiqarilgan. Tusi har xil. Bozax qoʻi zoti koʻchqorlarining oʻrtacha vazni 65 kg, sovliklariniki 48 kg atrofida. Qoʻchqorlari 2,3—2,5 kg, sovliqlari 2,2 kg jun beradi. Hozir sof zot holida koʻpaytirilmaydi.