BOYONXON

BOYONXON, Bayonxon (taxm. mil. 6-a. oʻrtasi — 7-a. 1choragi) — turkiy qavmlar tomonidan Yevropada barpo etilgan Avar xoqonligi asoschisi, qahri qattiq, iqgidorli ulugʻ sarkarda. Avarlar Gʻarbiy Kaspiy boʻyi dashtlaridan Turk xoqonligi va sosoniylar tazyiqi ostida 6-a. 50-y. lari boshida Sharqiy Yevropaga kelganlar. 6a 50-y. lari oxiri — 60-y. lari boshida kuturgurlar bilan ittifoq boʻlib antlarga hujum qilib, yurtlarini talontaroj qilishgan. Boyonxon rahbarligidagi avarlar harbiy yurishlari bilan 565-y. dan boshlab Markaziy Yevropa xalqlariga dahshat sola boshlagan. 567-y. ʼ. langobardlar 6n ittifoq tuzib gepidlarni tormor keltirib ularning Pannoniyadagi yerlarini egallaganlar; shu yerda Boyonxon yana bir qancha harbiy yurishlar va yangidanyangi qabilalarni birlashtirganidan soʻng 6-a. 60-y. larida Avar xoqonligiga asos solgan. Boyonxon qoʻl ostida koʻplab koʻchmanchi xalqlar — gunnlarttt avlodlari birlashgan. Bu siyosiy birlashma xoqonlik, Boyonxon esa xoqon deb atala boshlagan. Xoqonlik hududida turkiy til ustivor boʻlgan. B. Pannoniyani xoqonlik markazi qilib tanlagan. Boyonxon qoʻshinlari shu yerdan slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar va b. qabilalar, shuningdek Vizantiyaga yurishlar qilishgan. 6-a. 70-y. larida Boyonxon Vizantiya imperiyasiga muntazam ravishda chopqunlar qilib bir necha janglarda gʻalaba qozongan. Dalmatsiya va Illiriyani talontaroj etgan va Vizantiyani ulkan tovon (tarixchi Feofanning yozishicha, uning miqaori 583-y. ga kelib 120 ming solidni tashkil etgan) toʻlashga majbur qilgan. 587-y. Meziya viloyatini, shuningdek Dorostol, Singidun, Markianopol sh. larini vayron qilgan. Boyonxon 592-y. va 598-y. va undan keyingi yillarda Bolqon ya. o. ga bir necha bor yurishlar qilgan. 7-a. boshida Chexiya, Moraviya va Bogemiyani olgan, bir qancha janglarda franklarni yengib, ularning qiroli Sefertni asir olgan. Faqatgina ulkan tovon (fidya) tufayligina qirolni ozod etgan. B. Vizantiya imperatori iltimosiga koʻra 60 ming kishilik qoʻshini bilan 581-y. slavyanlar ustiga yurish qilib ularning koʻplab shahar, qishloklarini gʻorat qilib, boy oʻljani qoʻlga kiritgan. Slavyanlardan qalin oʻrmon ichiga qochganlarigina salomat qolgan. Boyonxon butun Dakiyani olgan, slavyanlarga askar berish majburiyatini yuklagan. 626-y. Vizantiya turk xoqonligi b-n oʻziga qarshi ittifoq tuzish uchun xufiyona harakat qilayotganidan xabardor boʻlgan B. Konstantinopolni qamal qilgan, biroq qoʻshini tarkibidagi slavyanlar xiyonati tufayli shaxarni egallay olmagan. Tarixiy adabiyotlarda Boyonxonni bir necha bor Ammuaa va Chingizxon b-n qiyoslashgan.

Ad.: Pletneva S. A., Kochevniki Srednevekovya. Poiski istoricheskix zakonomernostey, M., 1982; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi. T., 1993.

Faxriddin Hasanov.