BODEN KOʻLI

BODEN KOʻLI — Germaniya, Shveysariya va Avstriya chegarasidagi qad. muzlik vodiysidagi yirik koʻl. 395 m balandda joylashgan. Mayd. 538 km2, uz. 63 km, eni 14 km, eng chuqur joyi 252 m. B. k. shim. gʻarbga 3 qismga tarmoqlangan (Iberling, Quyi va Seller koʻllari). Qirgʻoqlarining aksariyat qismi tekis yoki jan. sharqi baland qoyali. Boden koʻlidan Reyn daryosi oqib oʻtadi. Kema qatnaydi. Suvi kamdankam muzlaydi, qishda sohil iqlimini yumshatib turadi. Baliq ovlanadi. Koʻl sohilidagi yirik shaharlar: Konstans, Fridrixsxafen, Lindau (Germaniya), Bregens (Avstriya). Boden koʻli atrofida kurort, qoʻriqxona koʻp.