BOBOYEV

BOBOYEV Halimboy (1942.10,8, hoz. Tojikiston Respublikasi, Shahriston tumani) — huquqshunos olim. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), yuridik fanlari d-ri (1993), prof. (1994). ToshDU yuridik f-tini tugatgan (1970), f-tda oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, dekan muovini, kafedra mudiri (1973—91). Toshkent davlat yuridik in-ti prorektori (1991 — 92), davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri (1992—95), rektori (1995-y. dan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston siyosiy va huquqiy qarashlarning tarixi, davlatchilikning rivojlanishiga bagishlangan. B. Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va b. huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etdi. «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan). Birinchi chaqiriq Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata (1994—99). Uzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi (1999-y. dan).

As: Amir Temur va temuriylar saltanati, T., 1996; Uzbek milliy davlatchiligi tarixi, T., 1999.