BLOKIROVKA

BLOKIROVKA (ing. to bloch toʻsish) — apparat, mashina ish organlari (elementlari)ni yoki elektr sxemalarni maʼlum holatda (B. taʼsiri olinganda ham saqlanadigan holatda) tutib turishni taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui. Blokirovka mexanik, optik, magnit yoki elektrik (sxemali) taʼsir vositasida amalga oshiriladi, apparat va mashinani dastlabki holatiga qaytaruvchi yoki ruxsat etiladigan yangi ish holatiga oʻtkazuvchi qismiga taʼsir etib Blokirovka taʼsiri toʻxtatiladi. Blokirovka transportda, energiya tizimlarida, elektr st-yalarida, sanoat korxonalarida, hisoblash texnikasida, i. ch. va turmushda ishlatiladigan turli apparat va asboblarda qoʻllaniladi.