BIRINCHI JAHON URUSHI

BIRINCHI JAHON URUSHI (1914—18) — davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSH va b. ; jami 34 davlat) oʻrtasidagi urush.

1914-y. 15 (28) iyulda AvstriyaVengriya Sarayevodagi qotillikayan bahona sifatida foydalanib, Germaniyaning toʻgʻridantoʻgʻri tazyiqi ostida Serbiyaga urush eʼlon qildi. 19 iyul (1 avg.) da Germaniya Rossiyaga, 21-iyul (3 avg.) da Fransiyaga; 22-iyul (4 avg.)da Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush boshladi. 1914-y. 10 (23) avg. da Yaponiya Antanta tomonida urushga kirdi.

Urushning o1ylarida Germaniya qoʻmondonligining Fransiyani tormor etish va uni urushdan chiqarish haqidagi moʻljali barbod boʻldi, chunki rus qoʻshinlarining Sharqiy Prussiyaga hujumi bunga taʼsir etdi (1bosqichda muvaffaqiyat qozongan 1914-y. gi Sharqiy Prussiya operatsiyasi rus armiyasining ogʻir magʻlubiyati bilan tugadi). 1914-y. avg. —sent. da rus qoʻshinlari Galitsiya jangida AvstriyaVengriya qoʻshinlarini yengib, Galitsiyaning katta qismini egalladilar, okt. oyida esa Polshadagi AvstriyaVengriya qoʻshinlarining qarshi hujumini qaytardilar. 1914 y 16 (29) okt. da Germaniya bloki tomonidan Turkiya urushga kirdi. Zakavkazye, Mesopotamiya, Suriyaning sharqiy chegarasi va Falastinda frontlar vujudga keddi. 1914-y. dek. —1915-y. yanv. da Turkiya armiyasi Zakavkazyeda rus qoʻshinlaridan magʻlubiyatga uchradi. 1915-y. Germaniya blokining 268 diviziyasidan 107 tasi rus frontida edi. Rus qoʻshinlari chekinib, Galitsiyani, Polshani va Boltiq boʻyining bir qismini tashlab chiqib ketdilar. 1915-y. 10 (23) mayda Italiya Antantaga qoʻshildi. 1915-y. 1 (14) okt. da GermaniyaAvstriya bloki tomonidan Bolgariya urushga kirdi. 1915-y. Germaniya dengiz yoʻllarining hukmroni boʻlgan ingliz flotini koʻplab suv osti janglari yordamida ham holdan toydira olmadi. 1916-y. Germaniyaning Verden r-nida Gʻarbiy frontni yorib oʻtishga urinishi barbod boʻddi; bu ozmikoʻpmi rus qoʻshinlarining Galitsiyada boshlagan muvaffaqiyatli hujumlari natijasi edi. 1916-y. 14 (27) avg . da Antanta tomonida Ruminiya urushga kirdi, biroq yil oxiriga borib rumin armiyasi tormor qilindi. 1917-y. apr. —may oylarida inglizfransuz armiyalarining utkazgan hujum operatsiyalari natijasiz boʻldi.

Okt. toʻntarishidan keyin shoʻro hukumati urushayotgan hamma davlatlarga anneksiyalar va kontributsiyalarsiz sulh tuzish haqidagi taklif bilan murojaat qildi. Antanta va AQSH taklifni rad etdi. Bunday sharoitda shoʻrolar davlati Brest suщi (1918)ni tuzishga majbur boʻldi. 1918-y. mayidan amerikalik qoʻshinlar harakat qila boshlagan Gʻarbiy frontda (AQSH 1917-y. apr. da urushga kirgandi) harbiy harakatlar Germaniya va uning ittifoqchilarining toʻla magʻlubiyati bilan tugadi. 1918-y. 29 sentda Bolgariya, 30 okt. da Turkiya, 3 noyab. da AvstriyaVengriya, 11 noyab. da Germaniya taslim boʻladi. Parij sulh konferensiyasi (1919—20)da Germaniya va uning ittifokchilari bilan sulh shartnomalarining uzilkesil shartlari ishlab chiqildi. Urushga 38 davlat jalb qilingan edi. Harakatdagi armiyadagilar soni 29 mln. kishidan ortiq boʻlib, safarbar qilinganlar 74 mln. kishiga yetdi. Urushgan mamlakatlar 10 mln. kishisini yoʻqotdi. 20 mlndan ortiq kishi yarador qilindi.

1916-y. 25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II «Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya r-nida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish» haqida farmon chiqardi. Shunga binoan Turkiston aholisidan 250 ming kishi majburan mardikorlikka safarbar qilinishi kerak edi. Bu farmon xalq gʻazabini qoʻzgʻab, Turkiston qoʻzgʻoloni (1916) ga sabab boʻldi.