BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA

BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA — odam va hayvonlarda mezenximaaan rivojlanadigan toʻqimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funksiyalarni bajaradi. Xususiy, togʻay va suyak B. t. lari farq qilinadi. Xususiy Biriktiruvchi toʻqima koʻpincha trofik, himoya va plastik funksiyalarni, togʻay Biriktiruvchi toʻqima esa mexanik funksiyani bajaradi; u xondroblast va xondrotsitlar, hujayraaro modda hamda kollagen va elastik tolalardan iborat. Xususiy Biriktiruvchi toʻqima zich va gʻovak Biriktiruvchi toʻqimaga boʻlinadi. Gʻovak Biriktiruvchi toʻqima terini muskullarga biriktirib, aʼzolar orasini tuldirib turadi, shilliq va seroz pardalarning Biriktiruvchi toʻqima li qavatini hosil qiladi. Uning hujayrali tarkibida fibroblastlar, gistiotsitlar makrofaglar, semiz hujayralar — labrotsitlar, plazmatik hujayralar — plazmatsitlar, yogʻ hujayralari — lipotsitlar, retikulyar hujayralar, qisqartiruvchi hujayralar — peritsitlar, xromatoforlar, endotelial hujayralar ajratiladi. Zich Biriktiruvchi toʻqima shakllangan va shakllanmagan boʻladi. Shakllanmagani teri asosini yoki uning toʻr qavatini tashkil etadi. Shakllangan zich Biriktiruvchi toʻqima tolali tuzilmalarning tartibli joylashishi bilan ajralib turadi; baʼzi aʼzolar (koʻz oqi, teri, fassiya) da ular oʻrim boʻlib joylashsa, boshqalarida (boylamlar, paylarda) parallel joylashadi. Shakllangan zich Biriktiruvchi toʻqimadan tomirlar, bronxlar va b. tuzilmalar devorini hosil qiladigan elastik toʻqimalar ham tashkil topadi. Suyak Biriktiruvchi toʻqimadan odam va umurtqali hayvonlar skeletk tashkil topadi.

Suyak toʻqima osteoblastlar, osteotsitlar va osteoklastlardan iborat. Hujayraaro modda kollagen tolalardan tuzilgan boʻlib, tarkibida koʻpgina mineral tuzlar bor.