BIR GULLI OʻSIMLIKLAR

BIR GULLI OʻSIMLIKLAR — bitta gʻuncha chiqarib, bitta gul va bitta meva hosil qiluvchi oʻsimliklar. Bunday oʻsimliklarning poyasi shoxlanmay, uchidan yolgʻiz kurtak chiqaradi, mas, lola, koʻknor, qizgʻaldoq, parnassiya va b.