BILEFELD

BILEFELD (Bielefeld) Germaniyadagi shahar, Shim. ReynVestfaliya yerida. Aholisi 322,1 ming kishi (1992) . Tevtoburg Oʻrmonlari togʻlari yoʻlagidagi transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik markazi (16a. dan). Mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyofarmatsevtika sanoati, tikuvchilik korxonalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 1015-y. da qayd etilgan.