BIYSK

BIYSK — RF Oltoy. oʻlkasidagi shahar (1782-y. dan). Biya daryosi boʻyidagi pristan, t. y. stansiyasi. Biyskdan Oltoy orqali Mongoliya chegarasʻiga olib boradigan Chuya avtomobil trakta boshlanadi. Aholisi 234,5 ming kishi (1992). Mashinasozlik (qozon, oziq-ovqat sanoati uchun asbobuskunalar), yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, momiqpat fkalari, zigir tola k-ti), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻsir k-ti, shakarqand, yogʻekstrakt, vltamin z-dlari va b.), yogʻochsozlik, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Pedagogika inti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, musiqa bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. B. 1709-y. da harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan.