BIYESHU Mariya Lukyanovna

BIYESHU Mariya Lukyanovna (1934.5.5, Moldova, Suvorov tumani, Volontirovka qishlogʻi) — moldova opera xonandasi (lirikdramatik soprano). 1961-y. dan Moldova opera va balet teatri yakkaxon xonandasi. Repertuaridan Tatyana («Yevgeniy Onegin»), Aida, Toska, Liza («Pikovaya dama»), Nedda («Payaslar»), ChioChiosan («Madam Baterflyay») va b. opera partiyalari urin olgan. Moldova konservatoriyasining prof. (1986-y. dan). «ChioChiosan» partiyasining «eng yaxshi ijrochisi» xalqaro tanlovining 1darajali mukofoti sovryndori (1967, Yaponiya).