BESHBALIQ, Beshbaligʻ [turkiycha Beshshahar; xitoycha Beytin (Shimoliy shahar)] —Sharqiy Turkistondagi qad. shaharlardan (mil. 1—14-a. 1-yarmi). Xitoydagi Szimus sh. dan taxm. 10 km shim. dagi Xupuszi qishlogʻi yaqinida xarobalari saqlangan.
Xitoy manbalariga koʻra shahar qad. zamonlarda (mil. 25—220-y. lardagi Kichik Xan sulolasi hukmronligi davrida) mahalliy hokim qarorgohi — KaganStupa boʻlib, 7-a. ga kelib Szinman va Beytin deb nomlangan; 658-y. dan Beytin Xitoyning mudofaa markazi boʻlib, uni boshqarish xitoy noiblari, baʼzan turkiy xonlarga topshirilgan. 714-y. xitoylikkuGʻyavol Mochjo xoqon oʻgʻli boshchiligidagi turkiy qabilalarning hujumini qaytargan; lekin, shu asrning oxiriga borib turkiylar va tibetliklar Beshbaliqda xitoy hukmronligiga chsk qoʻyganlar. Beshbaliq uygʻurlar qoʻliga oʻtgan, 791-y. qarluqdar egallagan. Keyinchalik shahar yana uygʻur hokimi qarorgohi sifatida tilga olinib, manbaga koʻra, 982-y. Sun sulolasi elchisi Ban Yande Beshbaliq saroyida qabul qilingan. Elchining maʼlumotnomasiga koʻra, Beshbaliqda budda ibodatxonasi (637-y. qurilgan) boʻlgan, aholi bogʻdorchilik, miskarlik, zargarlik bilan shugʻullangan. «Hududulolam»aa B. Panjikat («Besh shahar») deb qayd etilib, toʻqqiz oʻgʻuzlar qabila boshliqlarining yozgi qarorgogʻi sifatida tavsif berilgan. Beshbaliq viloyati 13-a. boshida moʻgʻul istilochilari yoʻlida uchragan eng dastlabki madaniy oʻchoqlardan biri boʻlgan. Bu paytda u Qoraxoja (hoz. Turfan yaqinida) bilan birga uygʻur xoqonligi markazi edi. Moʻgʻullar davlati paytida Beshbaliq gubernatori Masʼud Yalavoch boʻlgan. 1275-y. Chigʻatoy ulusi xonlarining hujumini qaytarishga erishgan, biroq keyinchalik 1331 i. dagi Xitoy xaritasiga koʻra, Beshbaliq va Qoraxoja Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan. Shahar Chigʻatoy ulusidagi oʻzaro ichki urushlar natijasida vayron boʻlgan.