BERLIN KONFERENSIYASI

BERLIN KONFERENSIYASI (Potsdam konferensiyasi) (1945, 17 iyul — 2 avg., Potsdam sh.) — ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozongan davlatlarning boshliklari — I. V. Stalin (SSSR), G. Trumen (AQSH) va U. Cherchill (28-iyuldan — K. Ettln, Buyuk Britaniya) ishtirok etgan konferensiya. B. k. maqsadi urushdan ksynngi dolzarb xalqaro muammolarni hal etishdan iborat edi.

Berlin konferensiyasi Yevropaning urushdan soʻnggi tuzilishi masalalari yuzasidan qaror qabul qildi. Germaniyani toʻla demilitarizatsiyalash, uning monopoliyalarini yoʻq qilish. fashistlar hujumiga uchragan davlatlarga urush natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan reparatsiya, Polshaning gʻarbiy chegaralari toʻgʻrisida qaror chiqardi.