BERLIN DEVORINING QULATILISHI

BERLIN DEVORINING QULATILISHI (1989) — 2-jahon urushi oqibatida ikkiga boʻlinib ketgan Germaniyaning qayta birlashishining boshlanishi. Sotsialistik jamiyat qurish yoʻlini tutgan Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR)ning ijtimoiy turmush darajasi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha orqada qoldi. Gʻarbiy Germaniya esa urush asoratini tezda bartaraf etib, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan oʻrin egalladi. Nemis xalqining bir lashish orzusi 1989-y. ning soʻngida taqiq ramzi boʻlmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi. Јr yuzida «sovuq urush» xavfi kamaygani, jahon tinch oʻzgarishlar davriga kirgani, bir-biriga zid tuzumlar oʻrtasidagi ixtilofning barham topishi, qurolsizlanish va iqtisodiy hamkorlik yoʻlidagi ilk qadamlar ikki Germaniya davlatining qoʻshilishiga zamin hozirladi. Bu harakat 1990-y. apr. —may oylarida GDR va Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) hukumatlari tomonidan shartnomalarning imzolanishi hamda GDR xalq palatasining Germaniya Demokratik Respublikasi GFR tarkibiga qoʻshilishi haqidagi 1990 i. 3 noyab. qarori bilan muvaffaqiyatli yakunlandi.